Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida “Shanxay Shenxua” yetti turdan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. 8-turda “Buriram Yunayted”ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi imkoniyat edi, biroq “eshikni qarsillatib yopish”ning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida yakunlandi. Tailand klubi ilk bo‘limning boshidayoq ikki bor darvozani ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Ko‘rtis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol muallifi bo‘ldi. Tez orada “Shanxay Shenxua” maydonda bir futbolchiga kam qolib ketdi va bu holat o‘yin atrofidagi intriganing deyarli yakunlanishiga olib keldi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!