date

Buффon o'ziga o'xshash darvozabon nomini aytdi

Buффon o'ziga o'xshash darvozabon nomini aytdi

Italiya futboli afsonasi, sobiq darvozabon Janluiji Buffon hozirgi avlod vakillari orasidan o'ziga eng ko'p o'xshash posbon kimligini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Yuventus" va Italiya terma jamoasining eks-golkiperiga ko'ra, bu — "Atalanta" darvozaboni Marko Karnesekki. U anchadan beri top-klublar e'tiborida ekani haqida gap-so'zlar yuradi.

"Karnesekkida o'zimga xos ko'p jihatlarni ko'raman. Unda yuqori darajadagi darvozabon bo'lish uchun kerak bo'ladigan qo'pollik va jur'at bor", — deya Buffonning so'zlarini keltiradi Italiya OAV.

Chorshanba kuni Karnesekki "Atalanta"ga Dortmundning "Borussiya"sini 4:1 hisobida mag'lub etishda yordam berdi. Jamoa ilk o'yindagi 0:2 hisobidagi mag'lubiyatga qaramay, Chempionlar ligasida 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Buффon o'ziga o'xshash darvozabon nomini aytdi