Turkiyada o'yinda darvozabon urgan to'p chag'allaga tegdi

Turkiyada «Mevlanakapy Guzelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari uchrashuvida noodatiy voqea yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhada darvozabon to'pni uzoqqa tepishga uringan paytda u maydon ustidan uchib o'tayotgan chag'allaga tegib ketgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qush yerga qulagach, har ikki jamoa futbolchilari darhol uning yoniga yugurib bordi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatga tezda munosabat bildirib, chag'allaga yurakka bilvosita massaj qilishni boshlab yubordi.
Shundan so'ng futbolchi chag'allani maydon chetida turgan tibbiyot xodimlariga topshirdi. Turkiyaning AA nashri ma'lumotiga ko'ra, chag'alla omon qolgan, biroq bir muddat ucha olmaydi — hozirda veterinarlar nazorati ostida tiklanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!