date

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun musobaqa bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish edi, biroq bu safar ham "eshikni qars" etib yopishning uddasidan chiqilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida zafar quchdi. "Buriram Yunayted" birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi, keyinroq esa "Shanxay Shenxua" bir futbolchisi chetlatilib, o'yindagi intriga deyarli so'ndi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi