Mostovoy Safonov haqida xulosa chiqarish qiyinligini aytdi

Rossiyalik sobiq futbolchi Aleksandr Mostovoy PSJ darvozaboni Matvey Safonovning o‘yini haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Safonov Parij klubida berilgan imkoniyatdan foydalanishga harakat qilmoqda, biroq jamoaning yuqori darajasi fonida darvozabon faoliyatiga aniq baho berish oson emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mostovoy PSJ kabi jamoada darvozabonning ish hajmi kam bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi: bir o‘yinda raqib darvozaga atigi bir-ikki marta zarba yo‘llaydi, boshqa klublarda esa darvozaga 20 martalab zarba bo‘lishi ehtimol. Shuning uchun, uning fikricha, xulosa chiqarish qiyin, istasa har doim ayb topish mumkin.
Chorshanba kuni PSJ Chempionlar ligasida o‘z maydonida “Monako” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra parijliklar 5:4 hisobida ustun kelib, 1/8 finalga yo‘l oldi. Bu bosqichda PSJning raqibi “Barselona” yoki “Chelsi” bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!