Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida 7-turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish bo'ldi, biroq kerakli natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. "Buriram Yunayted" birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida ikki marta gol urib, o'yin taqdirini erta hal qildi.
Tez orada "Shanxay Shenxua" bir futbolchiga kam bo'lib qoldi va bu intriga deyarli yo'qolishiga olib keldi. Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing