Slutskining Shanghai Shenhuasi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin «Shanghai Shenhua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. Sakkizinchi turda «Buriram United»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun musobaqa bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish bo'ldi, biroq ijobiy yakun qayd etilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol urdi. Oradan ko'p o'tmay «Shanghai Shenhua» futbolchisi qizil kartochka olib, jamoa bir kishi kam bo'lib qoldi va o'yindagi intriga deyarli so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanghai Shenhua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!