date

Oskar Rudjerri Kavaniga futbolni yakunlashni tavsiya qildi

Oskar Rudjerri Kavaniga futbolni yakunlashni tavsiya qildi

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani Argentinada og'ir vaziyatga tushib qoldi: «Boka Xuniors» muxlislari uni tez-tez hushtakbozlik bilan kutib olmoqda. So'nggi uchrashuvlarda tajribali forvard ba'zan maydonga umuman tushmayapti yoki o'yinni oxirigacha yetkazmay, erta almashtirilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentina futbolining sobiq yulduzi Oskar Rudjerri Kavaniga nisbatan bunday munosabatni haqoratli deb baholadi. Uning fikricha, shuncha yutuqlarga ega futbolchi uchun bu holat qabul qilib bo'lmaydi va Kavaniga futbol bilan xayrlashgan ma'qul.

«Bunday tarjimayi holga ega futbolchi uchun bu haqorat. Shunday qilishmaydi, yaxshisi futbolni yakunlagani to'g'ri», — deya Rudjerrining so'zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Kavani avvalroq «Napoli», «PSJ» hamda «Manchester Yunayted» safida ham to'p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Oskar Rudjerri Kavaniga futbolni yakunlashni tavsiya qildi