date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida yetti turdan so‘ng «Shanxay Shenhxua» pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini boy berdi. Sakkizinchi turda «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish edi, biroq «eshikni qarsillatib yopish» amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 2:0 hisobida Tailand klubi foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» birinchi taym boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘yinning borishini keskin o‘zgartirdi. Oradan ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenhxua» bir futbolchisidan ayrilib, maydonda kamchilikda qoldi va bu holat intriga deyarli yo‘qolishiga olib keldi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenhxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Buriramga yutqazdi