date

Bavariya Noyer ketadigan bo'lsa, o'rnini Urbig egallaydi

Bavariya Noyer ketadigan bo'lsa, o'rnini Urbig egallaydi

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer joriy mavsum yakunida jamoadan ketishi mumkin. Mart oyida 40 yoshga to'ladigan jamoa sardori hozircha faoliyatini davom ettirish yoki yakunlash borasida yakuniy qarorga kelmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bayern & Germany manbasiga ko'ra, agar tajribali posbon yozda klubni tark etsa, uning o'rnini Jonas Urbig egallashi allaqachon belgilab qo'yilgan. «Bavariya» Urbigka raqobatchi qidirmoqchi emas, klub faqat zaxira variant sifatida yangi darvozabon olib kelishi mumkin.

Noyer «Bavariya» safida 2011 yildan beri to'p suradi. Bu mavsumda u 28 o'yinda 27 ta gol o'tkazib yubordi.

22 yoshli Jonas Urbig esa joriy kampaniyada 9 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol o'tkazdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Noyer ketadigan bo'lsa, o'rnini Urbig egallaydi