Kostakurta Atalantaning Chempionlar ligasidagi irodasini alohida ta'kidladi

Italiyaning «Atalanta» klubi A Seriyadan Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqqan yagona jamoa bo'ldi. Bergamoliklar Dortmundning «Borussiya»siga qarshi ilk uchrashuvda 0:2 hisobida yutqazganiga qaramay, javob o'yinida tom ma'noda portlab, 4:1 hisobidagi yirik g'alabani rasmiylashtirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan so'ng «Milan» afsonasi Alessandro Kostakurta «Atalanta»ning o'yinidan katta taassurot olganini yashirmadi. Uning aytishicha, bunday kambekni kutmagan, biroq jamoa aqlbovar qilmas darajadagi uchrashuv o'tkazib, Italiya futboli elitasi safida ekanini yana bir bor isbotlagan.
Kostakurta alohida tarzda Pasalichning yetakchilik fazilatlarini ham e'tirof etdi: u bunday darajadagi liderni Franko Barezi davridan beri uchratmaganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, «Atalanta» 2024 yilda Yevropa ligasi g'olibiga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!