Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyxua OCHLda mag‘lub bo‘ldi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenyxua» yetti turdan keyin pley-off yo‘llanmasi uchun kurash imkoniyatini boy berdi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish edi, biroq «eshikni qarsillatib yopish» ham amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar ilk bo‘limning boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi, «Shanxay Shenyxua» esa tez orada bir futbolchidan ayrilib, kamchilikda qolganidan keyin intriga deyarli so‘ndi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenyxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing