Kostakurta Atalantaning Chempionlar Ligasidagi kambekini olqishladi

Italiyaning «Atalanta» jamoasi A Seriyadan Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqa olgan yagona klub bo‘lib qoldi. Dortmundning «Borussiya»siga ilk uchrashuvda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bergamoliklar javob o‘yinida raqibdan to‘liq revansh oldi — 4:1. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan keyin «Milan» afsonalaridan biri Alessandro Kostakurta «Atalanta»ning o‘yinidan hayratini yashirmadi. Uning aytishicha, jamoa kutilganidan ham kuchliroq futbol ko‘rsatib, Italiya futboli elitasiga mansubligini yana bir bor isbotlagan.
«Bu aqlbovar qilmas darajada edi. Men ular buni uddalaydi deb o‘ylamagandim, biroq ular ajoyib o‘yin o‘tkazdi. «Atalanta» Italiya futboli elitasida ekanini yana tasdiqladi. Pasalichga o‘xshagan yetakchini men Franko Barezidan beri ko‘rmaganman», — deya Kostakurtaning so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Atalanta» 2024 yilda Yevropa ligasi g‘olibi bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!