date

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay ACLda Buriramga yutqazdi

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay ACLda Buriramga yutqazdi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so‘ng pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini boy berdi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs Leonid Slutskij jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish edi, biroq kutilgan natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi: uchrashuvning boshidayoq 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Tez orada "Shanxay Shenxua" bir futbolchiga kamayib qolgani intriga so‘nishiga olib keldi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskijining "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshqaruvidagi Shanxay ACLda Buriramga yutqazdi