Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua ACLda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-off yo'llanmasi umididan ayrilgan «Shanxay Shenxua» 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi hech bo'lmasa turnir bilan chiroyli xayrlashishga urinib ko'rdi. Biroq Leonid Slutskiy jamoasi bu vazifani uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida taylarning foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» ilk bo'limning avvalidayoq ikki bor aniq zarba berib, o'yin taqdirini deyarli hal qildi. Ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisi maydondan chetlatilgach, intriga butunlay so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing