date

Anchelotti JCh-2026 uchun 18 futbolchini tanlab qoʻydi

Anchelotti JCh-2026 uchun 18 futbolchini tanlab qoʻydi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi jahon chempionati oldidan tarkibning asosiy qismini shakllantirib oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, ESPN Brasil manbalariga tayangan holda, italiyalik mutaxassis ro'yxatiga hozirdanoq 18 nafar futbolchi kiritilgan.

Darvozabon: Alisson Beker.

Himoyachilar: Markinyos, Eder Militao, Gabriel dos Santos, Aleks Sandro, Duglas Santos.

Yarim himoyachilar: Kazemiro, Andrey Santos, Bruno Gimaraes, Lukas Paketa, Luis Enrike.

Hujumchilar: Mateus Kunya, Rodrigo, Jooa Pedro, Vinisius Junior, Rafinya Dias, Estevao, Gabriel Martinelli.

Shu tariqa, ehtimoliy jarohatlarni hisobga olmaganda, yakuniy qaydnomada yana atigi sakkizta bo'sh o'rin qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti JCh-2026 uchun 18 futbolchini tanlab qoʻydi