PSJ darvozaboni Safonov bilyardga qanday qiziqib qolgani haqida

Rossiyalik «PSJ» darvozaboni Matvey Safonov bo'sh vaqtida shug'ullanadigan mashg'ulotlaridan biri rus bilyardi ekanini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Golkipyerning aytishicha, bu qiziqish «Krasnodar» davridayoq boshlangan: klub bazasida bilyard stoli bo'lib, futbolchilar vaqti-vaqti bilan bir necha partiya o'ynab turishardi.
Safonov Telegram kanalida yozishicha, avvaliga uy yaqinidagi bilyardxonaga do'stlari bilan borish odatiy hol bo'lgan, keyin esa bu sekin-asta jiddiy hobbiga aylangan: u o'z kyi ham sotib olgan, hatto yakka tartibdagi mashg'ulotlarni ham sinab ko'rgan.
Oradan vaqt o'tib, darvozabon bilyardni aynan hordiq uchun qoldirishni istaganini anglab, o'yinda mahorat oshirishni to'xtatganini qo'shimcha qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing