FIFA AQSh va Eron mojarosi bo'yicha pozitsiyasini bildirdi

AQSh Eron hududiga qarshi harbiy operatsiya boshlaganidan so'ng, FIFA bosh kotibi Mattias Grafstryom vaziyat yuzasidan izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning so'zlariga ko'ra, Grafstryom ham ertalab yangiliklarni boshqalar qatori o'qigan va masala FIFA ichida yig'ilishda muhokama qilingan. Biroq hozircha batafsil kommentariya berishga erta ekani, tashkilot esa dunyo bo'ylab voqealar rivojini kuzatib borishini ta'kidladi.
E'tiborlisi, yozda futbol bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlikni AQSh Kanada va Meksika bilan birga amalga oshiradi. Final bosqichiga chiqqan jamoalar orasida Eron terma jamoasi ham borligi sabab vaziyat yanada murakkablashmoqda.
Hozirgi amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi va yozda "albiseleste" kubokni himoya qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!