Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini tikishlar uchun qamoq kutmoqda

Turkiyada «Galatasaray» va «Fenerbahche» safidagi ikki futbolchi tikishlar bilan bog'liq ish yuzasidan qamoq jazosi xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap «Galatasaray» vakili Metehan Baltachi hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida bormoqda. Baltachiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish ehtimoli bor.
Sabah nashri xabariga ko'ra, Baltachi kamida ikki bor «Galatasaray» o'yinlariga pul tikkan. U uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo'lsa-da, qaydnomada bo'lgan va bu holat futbolchining natijaga bilvosita ta'sir ko'rsatish imkoniyati borligini anglatadi.
Amaldagi turk qonunchiligiga asosan, futbolchi bukmekerlarga o'zining professional sportchi maqomini oldindan bildirishi shart edi. Biroq u bu talabni bajarmagani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!