Ronaldu penaltini urolmagan bo'lsa-da, g'alabani nishonladi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" ustidan 3:1 hisobidagi g'alabadan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli portugaliyalik yulduz uchrashuv boshida hisobni ochish imkoniga ega edi, ammo penalti zarbasini aniq amalga oshira olmadi. Ronaldu bu o'yinda gol ura olmadi va 81-daqiqada maydonni tark etib, almashtirildi.
Bahs yakunida u: "Birga o'sishda davom etamiz! Muhim g'alaba!" — deya yozdi.
24 turdan keyin "Al-Nasr" 61 ochko bilan Saudiya ligasi jadvalida yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda "Al-Ahli" (59), uchinchi pog'onada esa "Al-Hilol" (58) bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing