date

Rossiyada pedofil 5 yoshli qizchani zo‘rlamoqchi bo‘lganda, bolalar qutqarib qoldi

Rossiyada pedofil 5 yoshli qizchani zo‘rlamoqchi bo‘lganda, bolalar qutqarib qoldi

Rossiyaning Tyumen shahrida 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy tajovuz qilishga uringanlikda ayblanayotgan 44 yoshli erkak sudda aybini to‘liq tan oldi hamda qilgan ishidan pushaymon ekanini ma’lum qildi. Bu haqda viloyat sud tizimining yagona matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 may kuni mazkur shaxs qizaloqqa nisbatan kuch ishlatib, uni ko‘p qavatli uyning kirish qismiga olib kirgan va jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirishga uringan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud qarori bilan gumonlanuvchiga nisbatan ikki oy muddatga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kuzatuv kameralari yozuvlarida erkak qizchani ko‘targan holda kirish yo‘lagi tomon olib ketayotgani, qizaloq esa yordam so‘rab qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan.

Qayd etilishicha, erkakning jinoiy maqsadi amalga oshishiga ikki nafar o‘smirning hushyorligi to‘sqinlik qilgan. Ular voqeaga guvoh bo‘lib, yaqin atrofdagi ayolning diqqatini jalb qilgan. Ayol esa zudlik bilan kirish yo‘lagiga kirib, qizchani erkak qo‘lidan qutqarib qolgan.

Qizaloqni saqlab qolgan ayolning so‘zlariga ko‘ra, u tasodifan qo‘shni hovliga kirib qolgan va shu payt bolalarning baqirayotgan ovozini eshitgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlar qo‘lida qizaloqni olib ketayotgan erkakni to‘xtatishga harakat qilayotgan bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada pedofil 5 yoshli qizchani zo‘rlamoqchi bo‘lganda, bolalar qutqarib qoldi