RTX 5070 darajasidagi Surface: Nvidia RTX Spark chipli noutbuk taqdim etildi

Microsoft va Nvidia kompaniyalari Surface Laptop Ultra — Surface liniyasidagi tarixdagi eng kuchli qurilma deb atalayotgan yangi 15 dyuymli noutbukni rasman eʼlon qildi. Yangilik yaqinda taqdim etilgan Nvidia RTX Spark Arm-chipiga asoslangan boʻlib, u yuqori unumdorlik va energiya samaradorligini vaʼda qilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
RTX Spark protsessori 20 ta CPU yadrosi va 6144 ta CUDA yadrosiga ega boʻlgan yuqori unumdor bir kristalli tizimdir. Maksimal konfiguratsiyalarda qurilma 128 GB gacha birlashtirilgan xotira (unified memory) bilan jihozlanishi mumkin, biroq 16 GB dan boshlanadigan oddiyroq versiyalar ham sotuvga chiqadi. Sunʼiy intellekt unumdorligi 1 petaflopsga yetadi, grafik quvvati esa GeForce RTX 5070 darajasiga teng.
Noutbukning asosi AI-dasturchilar uchun moʻljallangan DGX Spark yechimlariga yaqin arxitekturaga qurilgan. Surface Laptop Ultra 262 ppi zichlikdagi va HDR rejimida 2000 nitgacha yorqinlikni taʼminlaydigan 15 dyuymli mini-LED displey bilan jihozlangan. Shuningdek, qurilma kengaytirilgan taktil tachpadga ega.
Interfeyslar toʻplami USB-C, USB-A, HDMI portlari, SD-kartalar uchun slot va quloqchinlar uchun razʼyomni oʻz ichiga oladi. Korpus toʻq kulrang va kumushrang variantlarda taqdim etiladi. Microsoft va Nvidia hamkorlaridan RTX Spark bazasidagi boshqa qurilmalarning sotuvi joriy yilning kuz faslida boshlanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!