Ronaldu g‘alabadan so‘ng post qoldirdi, penaltini ura olmadi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Feyha» ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan keyin ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli futbolchi uchrashuv boshida hisobni ochish imkoniga ega bo‘ldi, biroq belgilangan penaltini golga aylantira olmadi. Portugaliyalik yulduz bu safar maydonda gol ura olmadi va 81-daqiqada zaxiraga olindi.
U o‘yin yakunida: «Birga o‘sishda davom etamiz! Muhim g‘alaba!» — deya yozdi.
24 turdan keyin «Al-Nasr» 61 ochko bilan Saudiya ligasi jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda «Al-Ahli» (59), kuchli uchlikni esa «Al-Hilol» (58) yakunlab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing