date

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini BAA va Qatarda ko'chirdi

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini BAA va Qatarda ko'chirdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) mintaqaviy Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi uchrashuvlar boshqa sanalarga qoldirilganini ma'lum qildi. O'yinlar Abu-Dabi, Dubay va Dohada o'tkazilishi kerak edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qarorga Eron, AQSH va Isroil o'rtasidagi harbiy ziddiyat sabab bo'ldi. Xabarda qayd etilishicha, Eron tomonidan uchirilayotgan snaryadlar qo'shni davlatlar hududiga ham yetib bormoqda, bu mamlakatlarda esa AQSH harbiy bazalari joylashgan.

OFK bayonotida tashkilot vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etishi va futbolchilar, jamoalar, rasmiylar hamda muxlislar xavfsizligini ta'minlash masalasida qat'iy pozitsiyada qolishi ta'kidlandi.

Uchrashuvlar 2 va 3 mart kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi. Hozircha yangi sanalar yoki o'yinlar o'tkaziladigan manzillar e'lon qilinmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » OFK Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini BAA va Qatarda ko'chirdi