William Saliba Chempionlar ligasi finalida jarohat oldi

Budapeshtdagi final oqshomi William Saliba uchun haqiqiy dahshatga aylandi. Arsenal himoyachisi nafaqat Chempionlar ligasi kubogidan mahrum boʻldi, balki jarohatini ogʻirlashtirib olib, Shimoliy Amerikada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatini oʻtkazib yuborish xavfi ostida qoldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Shanba oqshomida Arsenal va PSJ oʻrtasidagi bahs dramatik tarzda yakunlandi. Puskas Arena mezbonlik qilgan uchrashuvning 120 daqiqasi 1:1 hisobida tugadi, penaltilar seriyasida esa Parij klubi gʻalaba qozondi. Saliba butun oʻyin davomida maydonda harakat qildi, biroq u uchrashuvga kichik jarohat bilan tushgani maʼlum boʻldi.
Foot Mercato nashri xabariga koʻra, 25 yoshli himoyachining jismoniy holati oʻyin davomidagi yuqori bosim tufayli yomonlashgan. Endilikda uning Fransiya terma jamoasi safida 11-iyun kuni start oladigan Jahon chempionatida ishtirok etishi soʻroq ostida turibdi. Bu esa Didier Deschamps uchun jiddiy yoʻqotish boʻlishi mumkin.
Arsenal lagerida ayni damda tushkun kayfiyat hukmron. Mikel Arteta shogirdlari tarixiy gʻalabaga juda yaqin kelishgan edi, biroq Gabriel tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va Salibaning jarohati barchasini chippakka chiqardi. Tibbiy shtab endi futbolchini qisqa muddatda oyoqqa turgʻazish uchun harakat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!