date

Rossiyada elektronika uchun kosmik «yelim» ixtiro qilindi

Rossiyada elektronika uchun kosmik «yelim» ixtiro qilindi

Rostex tarkibiga kiruvchi «Rosel» xoldingi sinterlash usuli orqali kristallarni montaj qilishga moʻljallangan kumush asosidagi nanopastani ishlab chiqdi. Ushbu texnologiyaning asosiy xususiyati materiallarni bosim ostida qovushtirishdan iborat boʻlib, bu anʼanaviy kavsharlashdan farqli oʻlaroq, birikmada boʻshliqlar hosil boʻlishining oldini oladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi ishlanma yuqori issiqlik va elektr oʻtkazuvchanligini taʼminlaydi, shuningdek, ekstremal haroratlar va keskin termotsikllarga bardosh berish qobiliyatiga ega. Ishlab chiquvchilarning maʼlumotlariga koʻra, pasta 200–250 °C haroratda montaj ishlarini amalga oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, tayyor birikmalar klassik kavsharlarga qaraganda ancha yuqori termik chidamlilikni namoyish etadi.

Materialning muhim xususiyatlaridan biri uning radiatsiyaga chidamliligidir, bu esa kosmik apparatura uchun oʻta muhim hisoblanadi. Nanopastani yaratish bilan Maxsus radiomateriallar markaziy konstruktorlik bürosi (SKB RM) shugʻullandi. Dastlabki sinovlarda tarkib yuqori ishchi koʻrsatkichlarni, jumladan, 170 W/m*K gacha boʻlgan issiqlik oʻtkazuvchanligini koʻrsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Rossiyada elektronika uchun kosmik «yelim» ixtiro qilindi