Arbeloa Real Manchester Cityga qarshi to‘liq tayyor bo‘ladi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Manchester Siti»ga qarshi bo‘ladigan Yevropa sahnasidagi navbatdagi to‘qnashuv oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, ikki grand o‘rtasidagi bahs muxlislar uchun tomoshabop va keskin o‘tadi. Arbeloa raqibning kuchi «Real» ishqibozlari uchun uchrashuvni yanada qiziqarli qilayotganini aytib, kerakli payt kelganda madridliklar jangga to‘liq shay bo‘lishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» va «Manchester Siti» Chempionlar ligasi 1/8 finalida to‘qnash keladi. Dastlabki o‘yin 11 mart kuni Madridda, javob bahsi esa 17 mart kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan mavsumgi Chempionlar ligasida ham ushbu jamoalar to‘qnash kelgan va «qaymoqranglilar» «shaharliklar»ni pley-off bosqichida ortda qoldirgandi — 3:2 va 3:1.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!