Safonov PSJning navbatdagi muhim galabasini qayd etdi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov fransuz chempionatidagi navbatdagi galabadan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Fransiya chempionati 24-turida parijliklar safarda «Gavr»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Qiziqarli, tempga boy uchrashuv va yana bir muhim galaba. Nazarimda, bu mavsum ilk bor ikkinchi o'rindagi jamoaga nisbatan 4 ochkolik ustunlikka ega bo'ldik. Chempionlar ligasi pley-offi davrida bunday zaxira juda yoqimli», — deb yozdi Safonov o'zining telegram-kanalida.
Darvozabon PSJni oldinda oson sinov kutmayotganini ham ta'kidladi. Uning aytishicha, navbatdagi turda «Monako»ga qarshi bahs murakkab kechadi, chunki monakoliklar bilan Chempionlar ligasidagi so'nggi ikki o'yin yengil uchrashuv bo'lmasligini ko'rsatgan.
24 turdan keyin PSJ 57 ochko bilan Fransiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!