Ronaldu g‘alabadan keyin post qoldirdi, penalti esa omadsiz chiqdi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Feyha» ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda qisqa post bilan chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli portugaliyalik futbolchi uchrashuv boshida hisobni ochish imkoniga ega edi, biroq penalti zarbasini golga aylantira olmadi. Ronaldu o‘yin davomida ham raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadi va 81-daqiqada zaxiraga olindi.
Bahs yakunida hujumchi: «Birga o‘sishda davom etamiz! Muhim g‘alaba!» — deya yozdi.
24-turdan keyin «Al-Nasr» 61 ochko bilan Saudiya ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda «Al-Ahli» (59), kuchli uchlikni esa «Al-Hilol» (58) yakunlab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing