date

Arbeloa Real Manchester Cityga qarshi to'liq tayyor bo'ladi

Arbeloa Real Manchester Cityga qarshi to'liq tayyor bo'ladi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Yevropa Chempionlar ligasida “Manchester Siti”ga qarshi bo'ladigan bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, ikki ulkan klub to'qnashuvi muxlislarni zeriktirmaydi. Arbeloa “Real” ishqibozlari raqibning kuchi sabab bu uchrashuvni alohida qiziqish bilan kutayotganini aytib, jamoa hal qiluvchi pallaga kelib to'liq jangovar holatda bo'lishini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, “Real” va “Manchester Siti” Chempionlar ligasining 1/8 finalida kuch sinashadi. Ilk o'yin 11 mart kuni Madridda, javob bahsi esa 17 mart kuni Manchesterda bo'lib o'tadi.

O'tgan mavsumda “qaymoqranglilar” “shaharliklar”ni pley-off bosqichida mag'lub etgandi: 3:2 va 3:1.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Real Manchester Cityga qarshi to'liq tayyor bo'ladi