Vinicius Junior deyarli Barselona futbolchisiga aylanishi mumkin edi

El-Klasiko arafasida Barselona klubining sobiq prezidenti Xosep Mariya Bartomeu shov-shuvli bayonot bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Real Madrid yulduzi bo‘lgan Vinicius Junior faoliyatining boshida deyarli kataloniyaliklar safiga o‘tishiga oz qolgan edi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Bartomeuning ta’kidlashicha, klub o‘sha vaqtda 17 yoshda bo‘lgan Flamengo hujumchisi bilan dastlabki kelishuvga erishgan edi. Tomonlar futbolchi 18 yoshga to‘lganidan so‘ng shartnoma imzolash bo‘yicha kelishib olishgan, biroq yakunda Real Madrid yaxshiroq taklif bilan chiqib, braziliyalik iqtidor egasini o‘z safiga qo‘shib olgan.
Vinicius Junior keyinchalik bu ma’lumotni tasdiqlab, Barselona moliyaviy jihatdan ko‘proq mablag‘ taklif qilganini, ammo u sport nuqtai nazaridan Real Madrid loyihasini ma’qul ko‘rganini tan olgan. Hozirda Vinicius Madrid klubi safida La Liga va Chempionlar ligasi g‘olibi sifatida dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biriga aylandi.
Shuningdek, Bartomeu o‘sha davrda Kylian Mbappe uchun ham kurash olib borganini ma’lum qildi. U futbolchining otasi bilan bir necha bor muloqot qilgan, biroq Pari Sen-Jermen klubi transfer poygasida g‘olib chiqqan. Bartomeuning fikricha, Mbappe o‘z vatanida qolishni va fransuz klubida o‘ynashni afzal ko‘rgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!