date

Cristiano Ronaldo Jr Real Madridga qaytadimi?

Cristiano Ronaldo Jr Real Madridga qaytadimi?

Cristiano Ronaldo Jr yaqinda Real Madrid yoshlar jamoasi bilan mashg‘ulotlarda qatnashib, murabbiylarda ijobiy taassurot qoldirdi. Biroq, 15 yoshli futbolchining 2026-27 yilgi mavsumda Ispaniya klubiga doimiy asosda o‘tishi rejalashtirilmagan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

O JOGO xabariga ko‘ra, Real Madrid vakillari yosh futbolchining professional yondashuvidan mamnun bo‘lishgan bo‘lsa-da, hozircha u bilan shartnoma imzolash niyatida emas. Shunga qaramay, Yevropaning PSJ, Bavariya, Manchester Yunayted va Yuventus kabi grand klublari uning rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda.

Cristiano Ronaldo o‘z o‘g‘li bilan birga maydonga tushishni orzu qiladi va bu maqsad Saudiya Arabistonida amalga oshishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, yosh iqtidor egasi kelgusi mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida Al-Nassr asosiy jamoasiga jalb etilishi kutilmoqda.

Agar bu reja amalga oshsa, 41 yoshli Cristiano Ronaldo o‘z o‘g‘li bilan bir safda to‘p surishdek tarixiy voqeaga guvoh bo‘lishi mumkin. Hozircha esa yosh futbolchi o‘z mahoratini oshirish va faoliyatidagi navbatdagi muhim qadamlarni tashlashga e’tibor qaratmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Cristiano Ronaldo Jr Real Madridga qaytadimi?