Ayollar oʻrtasidagi Angliya kubogi: Manchester Siti finalda

Manchester Siti ayollar jamoasi Angliya kubogi finaliga yoʻl oldi. Yarim final bahsida Chelsi mehmoni boʻlgan "shaharliklar" qoʻshimcha boʻlimlarda 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi. Uchrashuv qahramoni dubl qayd etgan Khadija Shaw boʻldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Boshqa bir yarim final uchrashuvida esa Brayton Liverpul ustidan irodali gʻalabaga erishdi. Dastlab 0:2 hisobida ortda borayotgan Brayton futbolchilari yakunda 3:2 hisobida zafar quchib, oʻz tarixida ilk bor Uembli stadionida oʻtadigan finalga yoʻllanma oldi.
Ayollar Superligasida chempionlikni tantana qilgan Manchester Siti finalda yaqqol favorit hisoblanadi. Biroq Brayton jamoasi soʻnggi oʻyinlarda koʻrsatayotgan oʻyini bilan raqiblar uchun haqiqiy boshogʻriqqa aylanganini isbotlab qoʻydi.
Dario Vidosic shogirdlari finalda ham sensatsiya qayd etishga umid qilishmoqda. Jamoa ikki hafta muqaddam Manchester Siti ustidan gʻalaba qozongan edi, bu esa final uchrashuvi keskin kurashlarga boy boʻlishidan dalolat beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!