date

Manuel Neuer Bavariya bilan shartnomasini uzaytirishda noodatiy usuldan foydalandi

Manuel Neuer Bavariya bilan shartnomasini uzaytirishda noodatiy usuldan foydalandi

Bavariya darvozaboni Manuel Neuer klub bilan shartnomasini uzaytirish qarorini qabul qilishda maxsus mobil ilovadan foydalanganini maʼlum qildi. Tajribali posbon har bir mashgʻulot va oʻyindan soʻng oʻz holatini «svetofor» tizimi orqali baholab borgan. Uning soʻzlariga koʻra, yozuvlarning 90 foizi yashil rangda boʻlgani qaror qabul qilishda muhim omil boʻldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Neuer bu shunchaki ichki sezgi emas, balki chuqur tahlil mahsuli ekanligini taʼkidladi. Garchi mavsum davomida kichik jarohatlar kuzatilgan boʻlsa-da, ular darvozabonning oʻyiniga va qaroriga jiddiy taʼsir koʻrsatmadi. Natijada, 40 yoshli futbolchi Bavariya bilan shartnomasini 2027-yilning yoziga qadar uzaytirishga qaror qildi.

Darvozabon jamoa ichidagi muhit va jamoadoshlarining qoʻllab-quvvatlashi uning uchun katta ahamiyatga ega ekanligini aytdi. U, shuningdek, Sven Ulreich va Jonas Urbig bilan boʻlgan hamkorlikni yuqori baholab, ular bir-birlariga oʻsishda yordam berishayotganini va kelajakka birgalikda tayyorgarlik koʻrishayotganini qoʻshimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manuel Neuer Bavariya bilan shartnomasini uzaytirishda noodatiy usuldan foydalandi