date

Joao Palhinha Tottenxemni tark etib, Sportingga qaytishi mumkin

Joao Palhinha Tottenxemni tark etib, Sportingga qaytishi mumkin

Bavariya yarim himoyachisi Joao Palhinha faoliyatini kutilmagan tarzda o‘zgartirishi mumkin. A Bola nashrining xabar berishicha, ayni damda ijara asosida Tottenxem safida to‘p surayotgan portugaliyalik futbolchi o‘zining sobiq jamoasi Sportingga qaytish istagida. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Sporting rahbariyati Morten Hjulmandning ehtimoliy transferidan so‘ng, markaziy yarim himoya chizig‘ini aynan Palhinha bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Futbolchi Lissabon klubi bilan uch yillik shartnoma imzolashga tayyor, biroq asosiy muammo Bavariya talab qilayotgan transfer summasida qolmoqda.

Tottenxem bosh murabbiyi Roberto De Zerbi futbolchini jamoada olib qolish niyatida va 30 million yevrolik sotib olish bandini faollashtirishga tayyor. Shunga qaramay, Palhinha Angliya Premer-ligasini tark etib, Portugaliyaga qaytishni afzal ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Joao Palhinha joriy mavsumda Tottenxem safida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bavariya esa 2024-yilda Fulxemdan 51 million yevroga xarid qilingan futbolchidan foyda ko‘rishni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Joao Palhinha Tottenxemni tark etib, Sportingga qaytishi mumkin