date

Vitinha: Cristiano Ronaldo bilan va u uchun Jahon chempionligini qo‘lga kiritmoqchimiz

Vitinha: Cristiano Ronaldo bilan va u uchun Jahon chempionligini qo‘lga kiritmoqchimiz

Portugaliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Vitinha 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan Cristiano Ronaldo jamoaga qanday ta’sir o‘tkazayotgani haqida gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchilar afsonaviy sardorlari bilan birga va aynan u uchun turnirda g‘olib chiqishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hozirda Saudiya Arabistonining Al Nassr klubida to‘p surayotgan Cristiano Ronaldo yoshi o‘tib borayotganiga qaramay, Portugaliya terma jamoasining asosiy figurasi bo‘lib qolmoqda. Vitinha sardorining professionalizmiga yuqori baho berib, u bilan bir kiyim almashtirish xonasida bo‘lish katta sharaf ekanligini ta’kidladi.

"U futbolga juda jiddiy yondashadi va hech narsani tasodifga qoldirmaydi. Maydonga tushganda u o‘zining 100 foiz tayyor ekanligini va jamoa uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilganini biladi", — dedi Vitinha FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Portugaliya terma jamoasi a’zosi oldinda qiyin yo‘l turganini tan olib, jamoa bosqichma-bosqich harakat qilishi kerakligini qo‘shimcha qildi. Hozirgi asosiy vazifa — guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish va har bir o‘yinda g‘alaba qozonishdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vitinha: Cristiano Ronaldo bilan va u uchun Jahon chempionligini qo‘lga kiritmoqchimiz