Neymar Braziliya terma jamoasining JCh tarkibiga kiritildi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Carlo Ancelotti jarohatidan keyin tiklangan 34 yoshli Neymarni jahon chempionati uchun yakuniy tarkibga kiritdi. Mutaxassis tajribali hujumchini penaltilar seriyasida va muhim pallalarda jamoaga yordam bera oladigan futbolchi sifatida ko'rmoqda. Braziliya tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lgan bu o'yinchi 2023-yil oktyabridagi og'ir jarohatidan so'ng xalqaro maydonga qaytmoqda.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Carlo Ancelotti JCh uchun yakuniy tarkibni eʼlon qildi. Jarohatidan soʻng tiklanish jarayonini oʻtkazgan 34 yoshli Neymar kutilmaganda roʻyxatdan joy oldi. Mutaxassis tajribali hujumchining jismoniy holati yaxshilangani va u jamoa muhitiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini alohida taʼkidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Ancelotti Neymarni shunchaki zaxira oʻyinchisi sifatida emas, balki muhim pallalarda, jumladan penaltilar seriyasida ham jamoaga yordam bera oladigan futbolchi sifatida koʻrmoqda. 79 ta gol bilan Braziliya tarixidagi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan futbolchi 2023-yil oktyabrida olgan ogʻir jarohatidan soʻng yana xalqaro maydonga qaytmoqda.
Tarkibdagi yangiliklar barcha uchun quvonchli boʻlmadi. Yosh iqtidorlar Endrick va Rayan ilk bor mundialga yoʻl olgan boʻlsa, Chelsi hujumchisi Joao Pedro va Real Betis vakili Antony tarkibdan chetda qoldi. Bu qaror futbol olamida katta muhokamalarga sabab boʻldi.
Joao Pedro ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali oʻz xafagarchiligini yashirmadi. U terma jamoa sharafini himoya qilish orzusi amalga oshmagan boʻlsa-da, muxlis sifatida vatandoshlarini qoʻllab-quvvatlashini va oltinchi chempionlik uchun tilakdosh ekanligini bildirib oʻtdi.































Izohlar 0
…