Chirchiqda ona-bolani yo‘lini to‘sgan haydovchi qattiq jazoga tortildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt haydovchisining qoidabuzarligi aks etgan video keng tarqalib, foydalanuvchilarning qattiq noroziligiga sabab bo‘lgandi. Videoda haydovchi piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘lakdan harakatlangani, qolaversa, shu yerda ketayotgan ona va bolaning yo‘lini ataylab to‘sganini ko‘rish mumkin.
Toshkent viloyati YHXB ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan haydovchi shaxsi aniqlanib, unga nisbatan “yo‘l bezoriligi” moddasi asosida ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Keyinchalik to‘plangan materiallar sudga taqdim etildi.
Sud jarayonida haydovchining harakatlari qonunbuzarlik sifatida baholanib, unga bir yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, haydovchi BHMning 10 baravari miqdorida — 4 million 120 ming so‘m jarima to‘lashga ham majbur qilindi.
YHXB matbuot xizmati barcha haydovchilarni piyodalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirib, piyodalar yo‘lagidan transport vositasida harakatlanmaslikni so‘radi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing