date

Hansi Flick Ez Abdeni Barselonaga qaytarmoqchi

Hansi Flick Ez Abdeni Barselonaga qaytarmoqchi

Barselona klubi chap qanot hujumchisi pozitsiyasini kuchaytirish maqsadida Real Betis futbolchisi Ez Abde transferini ko‘rib chiqmoqda. Cadena SER xabariga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Hansi Flick marokashlik futbolchining o‘yinidan juda taassurot olgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hansi Flick yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘zaro bahsda 24 yoshli vingerning harakatlarini yaqindan kuzatdi. Abde ayniqsa birinchi bo‘limda faol harakat qilib, Barselona himoyachisi Jules Koundé uchun jiddiy muammolar tug‘dirdi. Uchrashuv davomida Abde gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi, biroq hakamlar ofsayd sababli golni bekor qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, Ez Abde 2021-yildan 2023-yilgacha Barselona tarkibida bo‘lgan, biroq asosiy tarkibdan joy ololmagach, Real Betisga o‘tib ketgandi. Kataloniyaliklar futbolchining shartnomasida uni qaytarib sotib olish huquqini saqlab qolishgan, bu esa yozgi transfer oynasida bitimni amalga oshirishni osonlashtirishi mumkin.

Hozirgi vaqtda futbolchining kelajagi borasida turli xil fikrlar mavjud. Abde Barselonada zaxira o‘yinchisi bo‘lishga rozi bo‘ladimi yoki yo‘q, bu hozircha noma’lum. Shuningdek, unga Angliya Premer-ligasining bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Hansi Flick Ez Abdeni Barselonaga qaytarmoqchi