date

Xabi Alonso Chelsi boshqaruviga keldi: London klubi uchun yangi davr

Xabi Alonso Chelsi boshqaruviga keldi: London klubi uchun yangi davr

Chelsi rahbariyati nihoyat kutilmagan qaror qabul qilib, Xabi Alonsoni jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi. 44 yoshli mutaxassis 1-iyuldan boshlab to‘rt yillik shartnoma asosida ish boshlaydi. Muhimi, Alonso shunchaki bosh murabbiy emas, balki to‘liq vakolatlarga ega menejer maqomida faoliyat yuritadi, bu esa unga transferlar va tarkibni shakllantirishda katta erkinlik beradi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Londonliklar so‘nggi yillarda yosh iqtidorlarga tayangan holda barqaror natijalarga erisha olmayotgan edi. Angliya kubogi finalida Manchester Siti jamoasidan uchralgan mag‘lubiyat va Premer-ligadagi o‘rtamiyona o‘yinlar klubdagi inqirozni chuqurlashtirgan edi. Alonsoning kelishi muxlislar va jamoa uchun yangi umid uchqunini uyg‘otdi.

BlueCo egalari uchun bu transfer katta yutuq hisoblanadi. Jamoa Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan mahrum bo‘lishiga qaramay, Alonso kabi yuqori saviyali murabbiyning Stamford Bridge stadioniga ko‘chib o‘tishi klub nufuzidan dalolat beradi. Bu qaror Todd Boehly va Behdad Eghbali uchun muxlislar oldidagi obro‘ni tiklash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Boshqa tomondan, bu xabar Liverpul uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Arne Slot qo‘l ostida qiyin mavsumni o‘tkazayotgan mersisaydliklar, klub afsonasi bo‘lgan Alonsoni qo‘ldan chiqargani uchun tanqidlar ostida qolmoqda. Endilikda barcha e’tibor ispaniyalik mutaxassisning Chelsi tarkibini qanday o‘zgartirishiga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso Chelsi boshqaruviga keldi: London klubi uchun yangi davr