date

Roberto De Zerbi: Tottenxemning quyi ligaga tushib ketishini istashlari biz uchun motivatsiya

Roberto De Zerbi: Tottenxemning quyi ligaga tushib ketishini istashlari biz uchun motivatsiya

Tottenxem bosh murabbiyi Roberto De Zerbi raqib muxlislarining uning jamoasini Angliya Premer-ligasini tark etishini istashlari futbolchilar uchun kuchli motivatsiya bo'lishi kerakligini ta'kidladi. Ayni damda jamoa mavsum yakuniga ikki tur qolganida jon saqlash uchun kurash olib bormoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Tottenxem xavfli zonadan atigi ikki ochko yuqorida joylashgan. Jamoa oldinda Chelsi va Evertonga qarshi muhim o'yinlarni o'tkazadi. De Zerbi shogirdlariga Premer-ligada qolish uchun bor-yo'g'i bir ochko kifoya qiladi, ammo murabbiy durang uchun emas, faqat g'alaba uchun maydonga chiqishlarini ma'lum qildi.

Italiyalik mutaxassis raqib muxlislarining bosimi va nafratini ijobiy tomonga burish kerakligini aytdi: "Agar hamma Tottenxemning quyi ligaga tushib ketishini istasa, bu men va futbolchilarim uchun katta motivatsiya. Futbol aynan raqobat bilan go'zal. Biz bu qiyinchilikni yengib o'tishimiz va o'z g'ururimizni isbotlashimiz kerak".

Tottenxem Stamford Bridjda tarixan yomon natijalar qayd etib keladi, so'nggi 35 ta safar o'yinida atigi bir marta g'alaba qozongan. Shunga qaramay, De Zerbi jamoasining himoyadagi tartibli o'yini va ruhiy holati orqali bu qiyin vaziyatdan yorug' yuz bilan chiqib ketishiga ishonmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Roberto De Zerbi: Tottenxemning quyi ligaga tushib ketishini istashlari biz uchun motivatsiya