22:15 / 31.03.2018
3 957

Superliga. “Paxtakor” “Neftchi” darvozasiga uchta gol urdi

Superliga. “Paxtakor” “Neftchi” darvozasiga uchta gol urdi
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Neftchi” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
45-daqiqada mezbonlar hisobni ochishdi. Jasur Yaxshiboyevning pasidan so‘ng Davron Mamatov kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi - 1:0.

Ikkinchi taym boshida Marko Simich Masharipovning to‘p uzatishidan so‘ng boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi - 2:0.

54-daqiqada Akmal Shorahmedov to‘pni o‘z darvozaboniga uzatdi, Suyunov to‘pni qo‘liga oldi. Hakam jarima maydoni ichidan erkin zarba belgiladi. Berilgan zarba jonli devorga tegib qaytdi.

63-daqiqada Jaloliddin Masharipov gol urdi, unga to‘pni Ismoil Gonsalvesh uzatgandi - 3:0.

O‘yinda 3:0 hisobi qayd etildi.

20:00 - “Paxtakor” – “Neftchi” 3:0
Gol:
Davron Mamatov 45 avtogol, - 1:0. Marko Simich 47, - 2:0 (Jaloliddin Masharipov). Jaloliddin Masharipov 63, - 3:0 (Ismoil Gonsalvesh)

“Paxtakor” – Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov (Farruh Sayfiyev, 66), Kamoliddin Tojiyev, Marko Simich, Vladimir Kozak, Rostin Griffits, Azim Ahmedov (Dilshod Rahmatullayev, 84), Jasur Yaxshiboyev, Tiago Bezerra (Jamshid Iskanderov, 86), Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Bahrom Abdurahimov, Jasurbek Hakimov, Doston Ibrohimov, Sherzod A’zamov, Stanislav Andreyev,

“Neftchi” - Vitaliy Mirniy, Iskandar Shoyqulov (Jalil Kimsanov, 46), Sunnatilla Ermatov (Elyor Mamasoliyev, 76), Otabek Ahmadjonov (Abdurahmon Abdulhoqov, 54), Abbosbek Maxstaliyev, Abdulaziz Yusupov, Husniddin G‘ofurov, Abdujamol Isroilov, Davron Mamatov, Avaz Agaliyev, Doston Tursunov (s)
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Shukurali Po‘latov, Anvar Berdiyev, Abror Ismoilov, Avazbek O‘lmasaliyev, Alisher Samatov

Ogohlantirishlar: Doston Tursunov 19, Akmal Shorahmedov 21, Jasur Yaxshiboyev 90.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Paxtakor” “Neftchi” darvozasiga uchta gol urdi