23:31 / 10.05.2018
3 925

Superliga. 11-tur. AGMK Bekobodda g‘olib bo‘ldi (video)

Superliga. 11-tur. AGMK Bekobodda g‘olib bo‘ldi (video)
Hozirgina Pepsi Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Metallurg” hamda AGMK jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi.

Bekobod shahrida kechgan qarama-qarshilikda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 87-daqiqada Vladimir Bubanya tomonidan kiritildi.

Qayd etish joiz, bu g‘alaba olmaliqliklarning Bekobodda qo‘lga kiritgan ilk g‘alabalari bo‘ldi. Bunga qadar “konchilar” Bekobodda 10 bor mehmon bo‘lgan va 9 marta mag‘lub bo‘lib, bir bor durang natija qayd etgan.

20:30 - “Metallurg” (Bekobod) – AGMK (Olmaliq) 0:1

Gol:
Vladimir Bubanya 85, - 0:1.
“Metallurg”: 35. Javohir Ilyosov, 5. Abbosjon Otaxonov, 8. Shahzod Shaymanov, 9. Zabixillo O‘rinboyev, 10. Islombek Isoqjonov, 15. Zohid Abdullayev, 37. Sherzod Fayziyev, 55. Akbarjon Ismatullayev, 77. Muhammad Isayev (7. Suxrob Nurulloyev, 70), 88. Abror Xusinov (20. Dilyorbek Irmatov, 36), 91. Pavel Smolyachenko.
Zahira: 1. Zafar Safayev, 13. Javohir Esonqulov, 14. Abror Toshqo‘ziyev, 30. Andrey Shipilov, 42. Xudoyshukur Sattorov, 90. Zafar To‘rayev, 97. Jamshid Yusupov.

AGMK: 33. Pavel Matyash, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 4. Xurshidbek Muxtorov (18. Qahramon Bahodirov, 50) (7. Sanjar Rixsiboyev, 75), 5. Dilshod Jo‘rayev, 10. Shohnazar Norbekov (9. Zafar Polvonov, 87), 13. Lutfillo To‘rayev, 15. Vladimir Bubanya, 19. Vladislav Kosminin, 23. Yovan Jokich, 24. Javlon Guseynov, 87. Vadim Chemirtan.

Zaxira 12. Roman Abdulov, 8. Muzaffar Muzaffarov, 17. Kamoliddin Murzoyev, 21. G‘ulomhaydar G‘ulomov, 22. Abdumalik Abdullayev, 77. Otabek Zokirov.

Ogohlantirishlar: Xurshidbek Muxtorov 6, Shahzod Shaymanov 23, Akbar Ismatullayev 54, Yovan Jokich 54, Suhrob Nurulloyev 72, Abbos Otaxonov 76, Pavel Smolyachenko 90+3.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. 11-tur. AGMK Bekobodda g‘olib bo‘ldi (video)