22:04 / 01.06.2018
4 301

JCH-2026 qayerda bo‘lib o‘tadi?

JCH-2026 qayerda bo‘lib o‘tadi?
13 iyun kuni FIFA kongressida 2026 yilgi jahon chempionati qayerda bo‘lishini tanlaydi.

Bu Rossiya-2018 boshlanishiga bir kun qolganda Moskvada ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mundiallar tarixida birinchi marta 48 jamoa ishtirok etadigan bu musobaqaga mezbonlik qilish uchun ikki zayavka raqobat olib bormoqda. Birinchisi, Marokash, ikkinchisi, AQSH, Kanada va Meksikalarning birgalikda topshirgan arizalaridir. TASS agentligi ushbu nomzodlarning ustunliklari va kamchiliklari haqida materil chop qildi.

MAROKASH

Rejalashtirilgan daromadlar: 7.2 milliard dollar
Rejalashtirilgan foyda: 5 milliard dollar
Biletlar sotuvidan daromadlar: 1.1 milliard dollar
Telehuquqlar bo‘yicha daromad: 3.1 million dollar
Homiylardan kelib tushadigan mablag‘lar: 3 milliard dollar
Stadionlarga qilinadigan xarajatlar: 3 milliard dollar
Infrastruktura uchun xarajatlar: 15.8 milliard dollar
Shaharlar: Kasablanka, Marrakesh, Agadir, Fes, Rabot, Tanjer, Ad-Jadida, Meknes, Nador, Uarzazat, Ujda, Tetuan

Bu Marokashning mundialga mezbonlik qilish uchun beshinchi urinishi bo‘ladi. 1994, 1998, 2006 va 2010 yillardagi harakatlar besamar ketgandi. Ushbu muvaffaqiyatsizliklardagi tajribadan kelib chiqib, marokashliklar inglizlarning Vero Communications kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu agentlik Qatar-2022, shuningdek, Parij-2024 olimpiadasi uchun mezbonlik strategiyasini muvaffaqiyatli tarzda ishlab chiqqan. Bu hamkorlik natijasida 40 ming sahifadan iborat dosye ishlab chiqildi va yerda infrastrukturadan tortib, inson huquqlari, soliq sistemasiga doir barcha ma’lumotlar jamlangan.

Marokash zayavkasining eng ahamiyatli afzalliklaridan biri mamlakatning joylashuvidir. Marokash London bilan bir xil soat mintaqasida joylashgan, bu esa, Yevropada turnirni tomosha qilishni qulaylashtiradi, teletranslyatsiyalar huquqining sotilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, mundial o‘tadigan shaharlardan biri Yevropadan atigi 14 km masofada joylashgan. Albatta, Marokash o‘z zayavkasini butun Afrika nomidan bo‘layotgandek pozitsiyada turibdi, bu ham qit’adagi davlatlarning xayrixohligiga sabab bo‘ladi. Umumiy ovozlarning 25 foizi Afrika davlatlaridan kelishini e’tirof etish kerak. Yana, arab davlatlari ham Marokashni qo‘llab quvvatlarini mumkin, misol uchun, Qatar o‘z ovozini va’da qilib bo‘lgan.

Ammo infrastruktura bo‘yicha Marokash raqiblaridan jiddiy farq bilan ortda qoladi. Marokashliklar yetti stadionni noldan boshlab qurishlari kerak, buning ustiga ularning ichida eng katta loyiha FIFA ning ba’zi talablariga javob bermaydi. FIFA ochilish uchrashuvini kamida 80 ming tomoshabin sig‘adigan stadionda o‘tkazilishini istamoqda, Kasablankadagi stadion esa, atigi 67 ming o‘ringa mo‘ljallangan.

AQSH, KANADA VA MЕKSIKA

Rejalashtirilgan daromadlar: 14 milliard dollar
Rejalashtirilgan foyda: 11 milliard dollar
Biletlar sotuvidan daromadlar: 2.5 milliard dollar
Telehuquqlar bo‘yicha daromad: 5 milliard dollar
Xomiylardan kelib tushadigan mablag‘lar: 1.5 milliard dollar
Stadionlarga qilinadigan xarajatlar: 0
Infrastruktura uchun xarajatlar: 0
Shaharlar: Mexiko, Gvadalaxara, Monterrey (Meksika), Edmonton, Toronto, Monreal (Kanada), Nyu York/Nyu Jersi, Filadelfiya, Baltimor, Boston, Vashington, Sinsinnati, Neshvil, Atlanta, Orlando, Mayami, Xyuston, Dallas, Los-Anjeles, San Fransisko, Denver, Kanzas Siti, Siettl (AQSH)

Jahon chempionati shu paytgacha uch marotaba Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan. 1970 va 1986 yillarda Meksika, 1994 yilda AQSH mundiallarga mezbonlik qilishgan. Kanada hech qachon bunday turnir mezboni bo‘lmagan. 2002 yildan keyin FIFA mezbonlikni birdan ortiq davlatga bermaydigan bo‘lgandi, ammo ishtirokchilar sonining 48 taga oshishi bu taqiqni ham bekor qildi.

So‘nggi yillarda FIFA ko‘p marotaba mezbonlikni u qadar futbol derjavasi hisoblanmaydigan davlatlarga berib kelgan. Ammo aynan AQSH da bo‘lib o‘tgan 1994 yilgi mundial yakuniy maqsadga yetish borasida eng samarali bo‘lgandi. O‘sha mundialdan so‘ng tashkil etilgan MLS ligasi rivojlanib, juda daromadli musobaqaga aylandi, u yerda yoshi biroz katta bo‘lsa ham, juda ko‘p futbol yulduzlari to‘p surmoqdalar.

Meksikada futbolning naqadar sevimli ekanini, AQSH dagi yuqorida tilga olingan liganing bo‘lishi bu zayavkaning futbol ruhiyatidan u qadar uzoq emasligini isbotlaydi. Kanadani ham chetlamaslik kerak, bu davlatning uch klubi MLS da o‘ynaydi va “Toronto” FK o‘tgan mavsumda hatto chempion bo‘lgandi.

Bu uchlik g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, asosiy yuk AQSH gardaniga tushishi shubhasiz. Lekin amerikaliklar bugunning o‘zidayoq, nafaqat 48, 96 jamoani ham qabul qilishga tayyor infrastrukturaga egalar. Hozirda AQSH da 40 ming tomoshabin sig‘ishi mumkin bo‘lgan 150 dan ziyod futbol stadionlari bor va ulardan 25 tasida kamida 80 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Asosiysi Nyu Jersi shtatidagi “Ist Ruterford” stadioniga 82.5 ming tomoshabin bir paytda kirishi mumkin.

Ayniqsa, AQSH prezidenti Donald Trampning bu mavzudagi gaplaridan so‘ng, bu uchlik zayavkasining muhokamasi badtar kuchayib ketdi.

“Qo‘shma shtatlar Meksika va Kanada bilan birga juda kuchli zayavka topshirdi. Biz doim quvvatlab kelgan davlatlar biz tomon bo‘lmasalar, sharmandalikdan boshqa narsa emas” – deb yozdi u shaxsiy tvitterida.

Shuningdek, Nigeriya rahbari bilan uchrashuvda Afrika mamlakatlarini ham AQSH ni qo‘llab quvvatlashga chaqirdi.

Asosiy daromad manbai aynan Jahon chempionati bo‘lgan FIFA uchun albatta, ushbu zayavka qulayroq. Amerikaliklar qanday daromad olishni juda yaxshi biladilar. Bu nuqtai nazardan ikkinchi zayavkaning favorit ekanini bemalol aytish mumkin.

Marokash sport va daromad nuqtai nazaridan yaqqol ortda qolmoqda, ammo Afrika mamlakatlari va arablarning quvvatlashidan va shuningdek siyosiy faktor tufayli o‘z ovozini beradigan mamlakatlardan umid qilyaptilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2026 qayerda bo‘lib o‘tadi?