
Yakshanba kuni La Ligada mavsumning birinchi yarmidagi eng muhim o‘yinlardan biri bo‘lib o‘tdi: Madridning "Real" klubi "Barselona"ni qabul qildi. Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa ushbu bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuv qahramonlaridan biri Kilian Mbappe bo‘ldi, u yana bir bor darvoza to‘rini ishg‘ol etdi. Fransiyalik futbolchi WhoScored reytingiga ko‘ra, 8,19 ball bilan chempionatning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turibdi.
Ikkinchi o‘rinda Lamin Yamal (7,92), uchinchi o‘rinda esa Vinisius Junior (7,63) joylashgan. Kuchli beshlikni "Barselona" vakillari Rafinya Dias (7,42) va Fermin Lopes (7,31) yakunlab beradi.
Boshqa jamoalar ichida eng yuqori ballni "Malorka"dan Pablo Maffeo (7,29) qayd etgan. Shuningdek, Kilian Mbappe chempionat to‘purarlari ro‘yxatida ham yetakchilik qilmoqda – u 10 o‘yinda 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!