12:55 / 14.06.2018
3 807

Golovkin va Alvares o‘rtasidagi revansh qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Golovkin va Alvares o‘rtasidagi revansh qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin va meksikalik Saul Alvares o‘rtasidagi boks jangi 15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ular 72,6 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga chiqishadi.

«Jang 15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishini xabar qilishdan xursandman», - deya yozgan meksikalikning promouteri Oskar De La Xoyya tvitterdagi sahifasida.

Avvaliga qozog‘istonlik bokschining meksikalikka qarshi jangi Las-Vegasda 5 may kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Keyinchalik Alvaresning qon tahlilida klenbuterol topildi. Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi bokschi organizmida taqiqlangan modda zaharlangan go‘sht iste’mol qilingani tufayli paydo bo‘lgani, shu sababdan so‘nggi vaqtlarda meksikalik o‘nlab atletlar jabrlanganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gennadiy Golovkin IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni unvonidan mahrum qilingani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Golovkin va Alvares o‘rtasidagi revansh qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi