10:27 / 15.06.2018
3 040

Keniyalik jurnalist Robin Kostin: "O‘zbekistonda ikki-uchta iqtidorli yoshlar bor ekan"

Кениялик журналист Робин Костин: "Ўзбекистонда икки-учта иқтидорли ёшлар бор экан"
Ayni paytda "Lujniki" stadionining Media-markazida ish qizimoqda. Deyarli bo‘sh o‘rinlar qolmagan va hamma o‘z ishi bilan band.

Men ham shu jumladan Toshkent bilan aloqada bo‘p turibman. Kerakli materiallarni saytimiz xodimlariga yuboryapman. Yonimga Afrika vakili bo‘lgan bir jurnalist kelib meni savolga tutdi.

Ushbu qisqa suhbatni e’tiboringiz havola etaman, zero unda o‘zbek futboli haqida oz bo‘lsa ham so‘z ketgan.

- Mister Ak-ba-rooov? Siz O‘zbekistondanmisiz? (u avval meni akkreditatsiyamni o‘qib oldi va kimligimni, qayerdanligimni bilgach, savolga tutdi)
- Eshitaman sizni. Siz o‘zingiz ... mister Kostin (men ham uning tashrif qog‘oziga qarab...) Ha O‘zbekistondanman.

- Eslaysizmi, 23 yoshli futbolchilarimiz sizning davlat yoshlari bilan to‘p surdi?
- Albatta, mart oyida ikkita o‘yin o‘tkazdik. Xabaringiz bormi? Bir g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdik.

- O‘sha o‘yinlardan xabarim bor. Men uni yurtim uchun yoritgandim. Sizning termangizda ikki-uchta yaxshi futbolchilarni ko‘rdim.
- Eslay olasizmi, kimlar edi?

- (u darhol kompyuterini titib ketdi va Azizjon G‘aniyev va Bobur Abduxoliqovlarni ko‘rsatdi) Mana shu yigitlar ...
- Ular nasib qilsa bizning kelajak. Agar ko‘pchilik o‘zbekistonlik iqtidorlar kabi ularni yo‘qotib qo‘ymasak, Qatar-2022 musobaqasiga chiqib qolishimiz mumkin... Bizda o‘sib kelayotganlarni tez yulduz qilib, natijada yo‘qotib qo‘yadigan odatimiz bor.

- O‘zbek futboli haqida men ancha material tayyorlagandim. Milliy termangizning dramatik o‘yinlaridan xabarim bo‘ldi.
- Biz oxirgi ikki mundialga ham juda yaqin kelgandik. (shu joyida mavzuni cho‘zmaslikka qaror qildim, o‘zingiz yaxshi bilasiz sababini). Bugungi o‘yin haqida nima deya olasiz? Kimda imkon ko‘p?

- Menimcha Rossiya termasi Saudiya Arabistoniga imkon qoldirmasa kerak. Arablar ikkinchi raqam ostida to‘p surishadi.
- Balki, gapingiz haq bo‘lib chiqar. Ammo, arablar ham oxirigacha tashashadi chamamda. Musobaqa favoriti sifatida kimlarni ayta olasiz?

- So‘zsiz Braziliya va Germaniya. Agar ispanlarda murabbiy almashmaganidan ular ham finalgacha yetib borishardi.
- Braziliya haqidagi gapingizga qo‘shilaman. Men sizdan bir narsa so‘ramoqchiman. Umuman afrikaliklardan shu narsani so‘rashni anchadan beri ko‘nglimga tugib yurardim. Qanday qilib Afrika davlatlaridan dunyo darajasidagi kuchli futbolchilar yetishib chiqmoqda? Men iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib so‘rayapman.

- Bilasizmi, bizda futbol - oila boqish va yaxshi yashash uchun asosiy kalit hisoblanadi. Agar bilsangiz bizning marafonchilar ham dunyoda yetakchi. Ular ham shu yugurish ortidan kun o‘tkazishadi. Bizda umuman sportga munosabat boshqacha. Bizda sportni hurmat qilishadi va unga tirikchilik o‘tkazish manbasi sifatida qarashadi.
- Ha, gapingiz to‘g‘ri. Yaxshi sportchini o‘z kasbi orqali bemalol oila boqa oladi. Ishlarizga omad!

- Sog‘ bo‘ling siz ham!

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Keniyalik jurnalist Robin Kostin: "O‘zbekistonda ikki-uchta iqtidorli yoshlar bor ekan"