Superliganing 17-turida «Qo‘qon-1912» klubi o‘z maydonida AGMK futbolchilari bilan kuch sinashdi. Maydon egalari ushbu o‘yinda katta ustunlik qilishdi va g‘alabani rasmiylashtirishdi.
Birinchi bo‘lim juda shiddatli boshlandi. Ilk daqiqalardan maydon egalari hujumga zo‘r berishdi. Murod Holmuhammedov avvaliga 28-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘limning oxirida dubl qayd etib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda olmaliqliklar bir kishi kam bo‘lib harakat qilishdi. Avvaliga bosh hakam darvozabon Pavel Matyashga sariq kartochka ko‘rsatgan edi, biroq tortishuvga borgani uchun unga yana sariq kartochka tuhfa qilinib maydondan chetlatib yuborildi. Shundan so‘ng Suhrob Berdiyev hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi va yakuniy hisobni ta’minladi 3:0.
Pepsi Superliga 17-tur
“Qo‘qon-1912” – AGMK – 3:0 (2:0)
Gollar: Murod Xolmuhammedov – 27 (pen), 43 (pen), Suhrob Berdiyev – 72.
“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Bahodir Akramov (96. Muhammadanas Hasanov-63), 5. G‘iyos Komilov, 10. Javohir Sidiqov, 15. Oybek Rustamov (11. Firdavs Asadov-72), 17. Quvondiq Ro‘ziyev (55. Darko Gojkovich-66), 19. Suhrob Berdiyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Jasur Hakimov.
AGMK: 33. Pavel Matyash, 2. Abduqahhor Xojiakbarov, 11. Jasur Hasanov, 13. Lutfulla To‘rayev, 15. Vladimir Bubanya, 16. Milosh Trifunovich, 21. G‘ulomhaydar G‘ulomov (22. Abdumalik Abdullayev-46), 23. Yovan Jokich, 24. Javlon Guseynov, 71. Jamshid Hasanov (14. Zoxir Pirimov-55), 72. Alisher Samatov (99. Nizomiddin Ziyavuddinov-69).
Manba: www.uff.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi