Bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida boks boʻyicha sobiq Yevropa va jahon chempioni, professional boksda oʻz vaqtida WBC, WBA, IBF yoʻnalishlarida chempionlik kamariga egalik qilgan Konstantin Szyu ishtirokida master-klass tashkil etildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamkorligida oʻtkazilgan ushbu tadbir yigʻilganlar oʻrtasida katta qiziqishlarga sabab boʻldi. Mahorat saboqlari oldidan akrobatik shou namoyish etildi. Soʻngra tadbirning asosiy mehmoni Konstantin Szyu davraga chiqib keldi va yosh bokschilar bilan mashgʻulotlar olib bordi. Oʻzbek boksining ertangi kun egalari oʻtkazilgan mahorat darslarida oʻzlari uchun yangi boʻlgan bir qancha bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirdilar.
Ushbu master-klass tadbirni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan fahriylar va maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilarida bir olam taassurot qoldirdi. Tadbir davomida muxlislar Szyu bilan suhbatlashib, suratga ham tushishdi.
Master-klassdan soʻng oʻtkazilgan koʻngilochar tomoshalar ham tomoshabinlarga manzur keldi. Tadbir yakunida sobiq bokschiga esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Milliy olimpiya qoʻmitasi nomidan maxsus sovgʻani Bosh kotib Jasur Matchanov topshirdi.
“Yoshim ellikka yaqinlashib qoldi. Ammo, har kuni mashgʻulot oʻtkazaman. Chunki, oʻzimga-oʻzim vaʼda berganman. Sizga ham maslahatim shu. Oʻzingizga vaʼda bering va buni amalga oshiring. Mashgʻulotlarni toʻxtatmang. Oʻz maqsadingiz sari intilishda davom eting. Albatta orzuingizga erishasiz”, – dedi Szyu oʻzbekistonlik yosh bokschilarga qarata. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi