Habib Nurmagomedov jamoasi aʼzosi Zubayra Tuxugov 27 oktyabr kuni Artyom Lobovga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo Habib va Konor oʻrtasidagi jangdan keyin mushtlashuvda ishtirok etgani uchun Tuxugovning jangi bekor qilindi. Bu doping uchun ikki yillik diskvalifikatsiyadan keyin Tuxugov uchun birinchi jang boʻlishi kerak edi.
Habib Nurmagomedov agar uning doʻsti Zubayra Tuxugovni Artyom Lobov bilan jangga chiqishiga ruxsat berishmasa, UFC bilan shartnomani yirtib tashlash bilan tahdid qildi deb yozadi Daryo.uz nashri.
Agar siz meni jim turishimni kutgan boʻlsangiz, adashasiz. Siz Zubayra Konorni urgani uchungina uning jangini bekor qildingiz va uni boʻshatmoqchisiz. Aslida Konor birinchi boʻlib mening boshqa bir ukamni urgandi, kameralarda hammasi koʻrinib turibdi.
Bilib qoʻyingki, siz u bilan birga meni ham yoʻqotasiz. Biz oʻzimiznikilarni yolgʻiz tashlab qoʻymaymiz va men oʻz ukam uchun oxirigacha boraman. Agar siz uni boʻshatishga qaror qilsangiz, menga ham yirtilgan shartnomani yuborishni unutmang, aks holda men oʻzim uni burdalab tashlayman.
Ha, sal boʻlmasa yodimdan koʻtarilay debdi, sizlar bermayotgan mening gonorarimni oʻzingizga olib qolishingiz mumkin. Faqat tomogʻingizga tiqilib qolmasin. Biz oʻz gʻururimizni himoya qila oldik — bu eng muhimi.

Habib Nurmagomedov, UFC chempioni
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi
Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi